Vivo V70 va V70 Elite fevral oyida taqdim etilishi kutilmoqda

14-yanvar 2026 15:03 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Vivo V70 va V70 Elite fevral oyida taqdim etiladi
Vivo V70 va V70 Elite fevral oyida taqdim etiladi / Foto: Gizchina

Vivo V70 va Vivo V70 Elite modellari Hindistonda fevral oyining o‘rtalarida taqdim etilishi kutilmoqda. Bu haqda bir qator manbalarga tayangan holda GSM Arena xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Vivo V70 seriyasi Snapdragon protsessorlari, katta o‘lchamli Sony sensorlari hamda Zeiss optikasi bilan jihozlanadi. Shuningdek, yangi smartfonlar OriginOS 6 operatsion tizimi bilan chiqadi va sun’iy intellektga asoslangan bir qator funksiyalarni taklif qiladi.

Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, Vivo V70 Xitoyda yaqinda taqdim etilgan Vivo S50 modelining qayta nomlangan versiyasi bo‘lishi mumkin. U 6,59 dyuymli AMOLED ekran, 50 MP asosiy kamera, 50 MP periskop telefoto kamera va 8 MP ultrakeng kamera bilan jihozlanishi kutilmoqda. Smartfon 6 500 mA/soat sig‘imli batareya hamda 50 MP old kameraga ega bo‘lishi mumkin.

Yangi vivo V70 seriyasi dizayn, kamera va unumdorlik jihatidan o‘rta narx segmentida kuchli raqobatchiga aylanishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vivo Y50s va Y50e smartfonlari taqdim qilingandi. Ta’kidlanishicha, qurilmalar faqat xotira turi va zaryadlash tezligida farq qiladi. Har ikki smartfon 6,74 dyuymli IPS displey bilan jihozlangan.

Shuningdek