Avto

Volkswagen Magotan gibrid modeli rasman tasdiqlandi

Tashqi ko‘rinishi odatiy Magotan B9 bilan juda o‘xshash
Volkswagen Magotan gibrid modeli rasman tasdiqlandi / Foto: Xitoy Sanoat va savdo vazirligi

Xitoyda Volkswagen Magotan sedanining zaryadlanadigan gibrid versiyasi rasman tasdiqlandi. Bu haqda ITHome nashri ma’lum qildi.

Yangi Magotan PHEV modeli 22 kV·soat sig‘imli batareya bilan jihozlangan bo‘lib, toza elektr energiyasida 127 kmgacha masofani bosib o‘tish imkonini beradi. Avtomobil tashqi ko‘rinishi bilan odatiy benzinli Magotan B9 dan faqat ko‘k dekorativ elementlari bilan farq qiladi.

Foto: Xitoy Sanoat va savdo vazirligi
Foto: Xitoy Sanoat va savdo vazirligi

Gibridning o‘lchamlari 4990 x 1854 x 1491 mm, g‘ildirak bazasi esa 2872 mm, bu esa Magotan B9 ni Yevropa Passat B9 modelidan taxminan 10 sm uzunroq qiladi. Magotan PHEV kuch tizimi 129 ot kuchiga ega 1,5 litrli turbobenzin dvigateliga asoslangan, elektromotor quvvati esa hozircha e’lon qilinmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq SAIC Volkswagen Lavida Pro’ni taqdim etgan edi.