
DxOMark mutaxassislari o‘tkazgan sinovda Xiaomi 15T Pro kamerasi Galaxy S25 Ultra darajasida baholandi. Qurilma flagmanlar qatoriga juda yaqin ekanini ko‘rsatdi.
Xiaomi 15T Pro asosiy kamera sifatida 50 MP, 1/1,31 dyuymli yirik sensor bilan jihozlangan. Shuningdek, 50 MP telekamera va 12 MP keng burchakli modul mavjud. Testlarda smartfon jami 149 ball oldi. Foto uchun 152 ball, video uchun esa 144 ball berildi.

Bu ko‘rsatkich bilan Xiaomi 15T Pro umumiy reytingda 28-o‘rinni egalladi. U DxOMark ro‘yxatida Honor Magic7 Pro va Samsung Galaxy S25 Ultra bilan bir qatorda joylashdi. Taqqoslash uchun, Xiaomi’ning haqiqiy foto-flagmani hisoblangan Xiaomi 15 Ultra 159 ball bilan ancha yuqori baholangan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Xiaomi 17 Max smartfoni qanday imkoniyatlarga ega bo‘lishi haqida yozgan edi.