
Xitoy 2025-yilni rekord darajadagi eksport bilan yakunladi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.
Xitoyning bojxona ma’lumotlariga ko‘ra, ishlab chiqarish qudratining yillik savdosi $1,2 trlnni tashkil qilgan. Bu ko‘rsatkich noyabr oyida birinchi marta trln dollarlik chegarani oshdi va Saudiya Arabistoni kabi global TOP – 20 iqtisodiy davlatlarning yalpi ichki mahsulotiga teng hisoblanadi.
Eksport hajmi dekabr oyida yil davomida 6,6% o‘sdi, import esa 5,7% ga ko‘tarildi. Xitoy kompaniyalari o‘z savdosini AQSh bojlaridan qochish maqsadida Janubi-Sharqiy Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasiga yo‘naltirmoqda.
Xitoy avtomobil sanoati o’tgan yili eksportni 19,4% ga oshirib, 5,79 mln avtomobil yetkazgan. Shundan sof elektr transport vositalari 48,8% o‘sish bilan yetkazilgan. Shu tariqa Xitoy dunyodagi eng yirik avtomobil eksportchisi maqomini uchinchi yil davomida saqlashi kutilmoqda.
Bosh vazir Li Qiang milliy televideniyeda importni kengaytirish va eksport-import muvozanatini ta’minlash zarurligini ta’kidlagan. Shuningdek, Xitoy quyosh energiyasi sanoati uchun eksport soliqlarini bekor qilgan va xorijiy savdo qonuniga o‘zgartirishlar kiritgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Nvidia H200 chiplarini Xitoyga sotishga ruxsat bergani haqida yozgan edik.