
AQSh Davlat departamenti 75 mamlakat, jumladan, O‘zbekiston uchun ham immigratsiya vizalarini vaqtincha to‘xtatishga qaror qildi. Bu haqda Foxnews ma’lum qildi.
2025-yil noyabrida Davlat departamenti konsulliklarga ommaviy yordamga muhtoj bo‘lish sharti asosida yangi tekshiruv qoidalarini qo‘llashni buyurdi. Konsullar sog‘liq, yosh, moliyaviy holat va uzoq muddatli tibbiy yordamga ehtiyoj kabi omillarni hisobga olib, yordamga muhtoj bo‘lishi mumkin deb baholangan arizachilarga vizani rad etadi. Yosh, ortiqcha vaznga ega, ilgari davlat nafaqasi olgan shaxslar ham rad etilishi mumkin.
Ma’lumot uchun, jarayon 2026-yil 21-yanvardan boshlanadi va departament immigrant vizalarini qayta ko‘rib chiqmaguncha davom etadi. Mazkur qaror immigrantlarning kirishini nazorat qilish va amerikaliklarning saxiyligini suiiste’mol qilishning oldini olish maqsadida qabul qilingani aytilmoqda.
Qaysi davlatlar AQShning vizaviy «qora ro‘yxat»iga tushdi
| Mamlakatlar | Mamlakatlar | Mamlakatlar |
|---|---|---|
| Afg‘oniston | Bosniya | Efiopiya |
| Albaniya | Braziliya | Fiji |
| Jazoir | Myanma | Gambia |
| Antigua va Barbuda | Kambodja | Gruziya |
| Armaniston | Kamerun | Ghana |
| Ozarbayjon | Kabo-Verde | Grenada |
| Bahamalar | Kolumbiya | Guatemala |
| Bangladesh | Kot d’Ivuar | Gvineya |
| Barbados | Kuba | Gaiti |
| Belarus | Kongo Demokratik Respublikasi | Eron |
| Beliz | Dominika | Iroq |
| Butan | Misr | Yamayka |
| Somali | Janubiy Sudan | O‘zbekiston |
| Sudan | Suriya | Tailand |
| Nigeriya | Tunis | Togo |
| Rossiya | Uganda | Urugvay |
| Pokiston | Marokash | Nepal |
| Laos | Moldova | Nikaragua |
| Qozog‘iston | Makedoniya | Kongo Respublikasi |
| Kosovo | Mongoliya | Sent-Kits va Nevis |
| Kuvayt | Chernogoriya | Sent-Lyusiya |
| Qirg‘iziston | Marokash | Sent-Vinsent va Grenadin |
| Livan | Eritreya | Senegal |
| Liviya | Efiopiya | Sierra-Leone |
| Iordaniya | Gambia | Somali |
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh 66 ta xalqaro tashkilotni tark etishini e’lon qilgan edi.