
AQSh hukumati Venesueladan olingan neftni birinchi marta sotib, global bozorga chiqarishni boshladi. Bu haqda AQSh ma’muriyati rasmiylari xabariga tayanib Reuters ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, AQSh Venesuelaning birinchi neft savdosini yakunladi, uning qiymati taxminan $500 millionni tashkil etdi. Ushbu sotuv Venesuela bilan $2 milliardlik kelishuv doirasida amalga oshirilgan.
Rasmiylar qo‘shimcha neft savdolari yaqin kunlar va haftalar ichida davom etishini ma’lum qildi. Dastlabki tushum AQSh nazoratidagi bank hisoblarida, asosan Qatarda yuritilmoqda.
AQSh hukumati Venesuela neft resurslari bo‘yicha strategiyani davom ettirib, Chevron kabi kompaniyalarga neft ishlab chiqarish va eksportni kengaytirish uchun imkoniyatlar yaratmoqda.
Ushbu sotuv Venesuelaning energetika sektorini qayta tiklashni maqsad qilgan siyosatning bir qismi bo‘lib, AQSh Energiya vazirligi rahbari Chris Wright boshchiligida amalga oshirilmoqda. Kelgusida neft savdosidan tushadigan daromadlar har ikki mamlakat fuqarolarining manfaatiga yo‘naltirilishi aytilmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan AQSh yaqin soatlarda Eronga zarba berishi mumkinligi haqida yozgandi.