Chevrolet Tracker avtomobilining narxi oshdi

15-yanvar 2026 09:14 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Foto: GMAutority

2026-yilgi Chevrolet Tracker narxi AQSh bozorida oshirildi. Bu haqda GMAutority xabar bermoqda.

General Motors 2025-yil dekabr oyidan boshlab barcha komplektatsiyalar uchun $500 miqdorida qo‘shimcha kiritdi. Narx oshishiga asosiy sabab yetkazib berish xarajatlarining $400 ga ko‘tarilib, $1,7 mingga yetgani bo‘ldi. Modelning bazaviy narxi ham $100 ga oshdi.

Endilikda Tracker LS versiyasi yetkazib berish bilan birga $23,4 ming turadi. 1RS va LT komplektatsiyalari $25 mingdan boshlanadi. 2RS va Activ variantlari esa $27,1 ming narxda taklif etilmoqda. Shunga qaramay, Tracker AQShdagi yangi avtomobillar orasida ikkinchi eng arzon model maqomini saqlab qoldi.

Foto: GMAutority

Сhevrolet Tracker Nissan Sentra, Toyota Corolla va Chevrolet Trailblazer kabi raqiblaridan arzonroq bo‘lib qolmoqda.

Tracker Janubiy Koreyada ishlab chiqariladi va AQSh dilerlariga barqaror yetkazib berilmoqda. Model standart turbomotor, zamonaviy dizayn va Chevy Safety Assist xavfsizlik tizimlari bilan jihozlanadi. Car and Driver nashri Tracker’ni 2026-yil uchun eng yaxshi SUV va yuk mashinalari ro‘yxatiga ham kiritgan.

Foto: GMAutority

Narx oshishiga qaramay, Tracker yangi avtomobil xarid qilmoqchi bo‘lganlar uchun eng qulay tanlovlardan biri bo‘lib qolmoqda. Model past narx va amaliy imkoniyatlar uyg‘unligi bilan Chevrolet uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri yangi Damas haqida qiziqarli 5 ta ma’lumotni yozgan edi.

Shuningdek