Yangiliklar

Endi O‘zbekiston elchilariga ustama to‘lanadi

7 ta davlatdagi elchilar 15 ta xorijiy sorsing kompaniyani mamlakatga olib kelishi kerak
«Hamroh» dasturi doirasida xotin-qizlar tadbirkorligi uchun ikki trillion so‘m ajratadi
Foto: Facebook/Sun’iy intellekt

Chet eldan loyiha topib, uni O‘zbekistonga olib kelgan va loyihani yakuniga yetkazgan elchilarga ustama to‘lash amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev Tashqi ishlar vazirligi va xorijdagi diplomatik vakolatxonalar faoliyati yuzasidan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qildi.

Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, elchilar loyiha topish, uni olib kelib ishga tushirishdan manfaat ko‘rishi kerak. Jami $90 milliardlik to‘qimachilik mahsulotlarini import qilayotgan AQSh, Turkiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Xitoy, Germaniya, Saudiya Arabistoni, Rossiya va Polshada Yengil sanoatni rivojlantirish agentligining vakolatxonalari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Ushbu davlatlardagi elchilar vakolatxonalar bilan birgalikda kamida 15 ta xorijiy sorsing kompaniya va xalqaro brendlarni O‘zbekistonga olib kelishi, 100 ta mahalliy korxona faoliyatiga «Better work», «BCI», «Organic» kabi dastur va standartlarni joriy qilishi kerak.

Shuningdek, viloyatlar hokimlari elchilar bilan birga tekstil sohasidagi yirik 500 ta eksportchi korxonaning mahsulotlari namunalarini har bir elchixonada joylashtirishi muhimligi ta’kidlandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyev elchilar Vyetnam, Bahrayn va Portugaliya bozorlarida yangi hamkorlar topishi kerakligini aytgandi.