Falastinning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

eʼlon qilindi
Yangi tayinlangan elchi Vaill Ahmed Battrexi
Falastinning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
Falastinning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi / Foto: Baxtiyor Saidov Telegram kanali

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Falastinning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Vaill Ahmed Battrexidan ishonch yorliqlari nusxalari qabul qildi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Falastin o‘rtasidagi munosabatlarni ikki tomonlama va ko‘p tomonlama formatlarda rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Foto: Baxtiyor Saidov Telegram kanali

Tomonlar davlatlar o‘rtasidagi do‘stona aloqalar hamda konstruktiv muloqotni yanada mustahkamlash muhimligini ta’kidladi.

Shuningdek, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Falastin elchisini mamlakatdagi diplomatik faoliyati davomida har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Belgiya va Italiyaning yangi elchilari O‘zbekistonda faoliyatini boshlagandi. Belgiya elchisi Erik De Mayer hamda Italiya elchisi Gvido De Sanktis O‘zbekistonda o‘z diplomatik faoliyatlarini boshladi. O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ulardan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib olganini ma’lum qildi.

Shuningdek