Nvidia barcha RTX videokartalari uchun DLSS 4.5 versiyasini taqdim etdi

Nvidia kompaniyasi barcha GeForce RTX seriyasidagi grafik protsessorlar uchun DLSS 4.5 texnologiyasiga kirish imkoniyatini ochdi. Mazkur ikkinchi avlod modeli original DLSS 4 versiyasiga nisbatan besh barobar ko‘proq hisoblash quvvatidan foydalanadi.
Yangilanish DLSS Override sozlamasi orqali faollashtiriladi. RTX 20 va 30 seriyali videokarta egalari «Sifat» (Quality) rejimida tasvir tiniqligining yomonlashuviga duch kelishlari mumkin. Bu holat nativ renderingga nisbatan ruxsatning potensial kamayishi bilan izohlanadi.
Kompaniya 2026-yilning bahorida kadrlar generatsiyasini yana-da takomillashtirishni rejalashtirgan. Rejaga ko‘ra, DLSS Multi Frame Generation texnologiyasiga yangi sun’iy intellekt modeli joriy etiladi hamda 6X Multi Frame Generation va Dynamic Multi Frame Generation funksiyalari qo‘shiladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan SK Hynix xotira chiplari tanqisligi sabab yangi zavodlarni erta ishga tushirishi haqida xabar bergan edi.