Yangiliklar

O‘zbekistonda shokolad importi qariyb 20 foizga kamaydi

11 oyda 19 ming tonna mahsulot keltirilgan
Foto: Milliy statistika qo‘mitasi

2025-yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekistonga 32 ta davlatdan umumiy qiymati $66,2 mlnga teng bo‘lgan 19,1 ming tonna shokolad mahsulotlari import qilindi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Hisobot davrida shokolad mahsulotlari importi o‘tgan yilga solishtirganda 4,7 ming tonnaga yoki 19,9 foizga qisqarganini ko‘rsatmoqda. Mahsulotlarning asosiy qismi, ya’ni 14 ming tonnasi Rossiya hissasiga to‘g‘ri keladi.

Yetkazib beruvchilar ro‘yxatida keyingi o‘rinlarni Niderlandiya (1,4 ming tonna) va Ukraina (839,1 tonna) egallagan.

Shuningdek, Qozog‘iston (583,5 tonna), Turkmaniston (463,1 tonna) va Fransiyadan (399,2 tonna) ham shokolad import qilingan. Boshqa davlatlardan keltirilgan mahsulotlar hajmi esa 1,4 ming tonnani tashkil etgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan sug‘urta xizmatlari hajmi 11 trillion so‘mga yaqinlashgani haqida xabar bergan edi.