Nota bilan cheklanmaslik kerak — Mirziyoyev elchilarni tanqid qildi

eʼlon qilindi
Elchilar “kabinet diplomatiyasi”dan voz kechishi kerakligini aytildi
Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev xorijiy davlatlarda o‘tkazilayotgan turli reydlarda o‘zbekistonliklarning huquqlari buzilayotgani haqidagi xabarlar jamoatchilikda jiddiy norozilik uyg‘otayotganini aytdi. Bu haqda u Tashqi ishlar vazirligi va xorijdagi diplomatik vakolatxonalar faoliyati yuzasidan videoselektor yig‘ilishida to‘xtaldi.

O‘zbekiston yetakchisi aksariyat holatlarda Tashqi ishlar vazirligi rasmiy nota berish bilangina cheklanib qolayotganini tanqid qilib, elchi va konsullar har bir holat yuzasidan malakali yuridik yordam ko‘rsatib, xorijdagi fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilishi shartligini urg‘uladi.

Uning ta’kidlashicha, xorijdagi yoshlar yoki talabalarning turli oqimlarga qo‘shilib qolayotgani barchani jiddiy tashvishga solishi kerak. Elchilar esa «kabinet diplomatiyasi»dan voz kechib, xorijdagi vatandoshlar ishlayotgan qurilish maydoniga, yotoqxonaga, talabalar auditoriyasiga borib, ularning muammosini o‘rganib, yechimi bo‘yicha ishlashi shart.

Bundan buyon migratsiya oqimi ko‘payib borayotgan davlatlar, ayniqsa, Yevropada mehnat migrantlari bilan ishlash elchixonalardagi konsullarning asosiy vazifasi bo‘lishi belgilandi.

Shuningdek, chet eldagi o‘zbekistonliklarni konsullik hisobiga qo‘yish tartibini yanada soddalashtirish, ortiqcha byurokratiyani qisqartirish, xorijda og‘ir vaziyatga tushib qolganlar uchun bepul koll-markaz tashkil etib, murojaatlarini tegishli vazirliklar bilan tezkor hal qiladigan tizim yaratish topshirildi.

Avvalroq «Kursiv» Rossiyada migratsiya siyosatini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihalari tayyorlanayotgani haqida yozgandi.

Shuningdek