
Saudiya Arabistonida o‘tayotgan U-23 Osiyo kubogining guruh bosqichi yakunlanib, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi chorak finalda Xitoy vakillariga qarshi o‘ynaydigan bo‘ldi.
O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi uchrashuv 17-yanvar kuni Jidda shahridagi King Abdullah Sports City stadionida bo‘lib o‘tadi. Mazkur bahs g‘olibi 20-yanvar kuni yarim finalda Vyetnam va BAA juftligi g‘olibi bilan kuch sinashadi.

Chorak finalning boshqa o‘yinlari 16-yanvar kuni Vyetnam – BAA va Yaponiya – Iordaniya o‘rtasida o‘tkaziladi. 17-yanvarda esa Avstraliya va Janubiy Koreya terma jamoalari o‘zaro hisob-kitob qiladi.
Musobaqaning final uchrashuvi 24-yanvar kuniga, uchinchi o‘rin uchun bahs esa 23-yanvarga rejalashtirilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan U-23 Osiyo kubogida O‘zbekiston Janubiy Koreyani mag‘lub etgan haqida xabar bergan edi.