
16-yanvar kuni Zeekr brendi o‘zining yangi Zeekr 8X krossoverini rasman taqdim etadi. U qanday xususiyatlarga egaligi haqida to‘xtalamiz.

Avtomobil parallel gibrid tizimga ega to‘liq o‘lchamli SUV hisoblanadi. Uning o‘lchamlari uzunligi 5100 mm, kengligi 1998 mm va balandligi 1780 mm. Avtomobil 5 va 6 o‘rindiqli konfiguratsiyalarda bo‘ladi. Model allaqachon ommaviy ishlab chiqarish uchun tasdiqlangan va bozorga chiqarishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

8X kapoti ostida 279 ot kuchiga ega ikki litrli benzinli dvigatel bo‘ladi. Elektr dvigatellarining umumiy quvvati 898 dan 1401 ot kuchigacha bo‘lishi mumkin. Krossoverning elektr yurish masofasi 256 – 328 kilometrni tashkil qiladi (CLTC).

Avtomobil SEA-S (Barqaror Tajriba Arxitekturasi) platformasida qurilgan. U 900V yuqori kuchlanishli arxitektura, Haohan AI raqamli shassisi va Zeekr 9X’ga o‘xshash plaginli gibrid quvvat blokiga ega bo‘ladi. U uchta elektr motor va 6C tez zaryadlovchi batareyani o‘z ichiga oladi.


Zeekr 8X hatto ekstremal sharoitlarda ham xavfsiz va barqaror tormozlash imkoniyatiga ega. Masalan, agar nam, sirpanchiq yo‘lning bir tomonidagi ikkala shina ham soatiga 120 km tezlikda teshilgan bo‘lsa ham. Yo‘ldan tashqari sharoitlarda tizim avtomatik ravishda yetti xil relyef turini taniydi va aqlli ravishda tegishli haydash rejimini tanlaydi.

Zeekr 8X’ning tashqi dizayni, asosan, Zeekr 9X’ni eslatadi. Avtomobil standart eshik tutqichlari, yaltiroq qora g‘ildiraklar va qizil tormoz kaliperlariga ega.

Avvalroq «Kursiv» Motorinvest kompaniyasiga tegishli bo‘lgan Rossiyaning Evolute brendi i-Space gibrid krossoverining to‘liq g‘ildirakli versiyasini sotishni boshlagani haqida yozgandi.