1-fevraldan «Afrosiyob» poyezdlari chiptalari 15 foizga qimmatlashadi

eʼlon qilindi
«Sharq», «Nasaf» va «O‘zbekiston» yo‘lovchi poyezdlari chiptalari narxlari ham 15 foizga oshiriladi
Foto: Transport vazirligi

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ yuqori tezlikda harakatlanuvchi «Afrosiyob» elektropoyezdlari uchun chipta narxlari 2026-yil 1-fevraldan boshlab 15 foizga oshirilishini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, chipta narxlarining oshirilishiga elektropoyezdlarga texnik xizmat ko‘rsatish va ehtiyot qismlar xarajatlarining ko‘payishi, elektr energiyasi hamda ekspluatatsiya xarajatlarining oshgani, harakat xavfsizligini to‘liq ta’minlash va xalqaro standartlar darajasida xizmat ko‘rsatishni davom ettirish zarurati sabab bo‘lgan.

Shuningdek, infratuzilmani saqlash va doimiy modernizatsiya qilish ishlari ham narxlarni qayta ko‘rib chiqishga ta’sir qilgan.

Yangilangan tariflar

Yo‘nalishVIPBiznesEkonom
Toshkent — Buxoro1,138 mln so‘m760 ming so‘m509 ming so‘m
Toshkent — Qarshi976 ming so‘m642 ming so‘m429 ming so‘m
Toshkent — Samarqand709 ming so‘m455 ming so‘m311 ming so‘m

Shu bilan birga, «Sharq», «Nasaf» va «O‘zbekiston» yo‘lovchi poyezdlari chiptalari narxlari ham 15 foizga oshirilgani ma’lum qilindi.

Avvalroq «Kursiv» nashri Talgo kompaniyasi O‘zbekistonda tezyurar poyezdlarni ta’mirlashga kirishgani haqida yozgandi.

Shuningdek