
«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ yuqori tezlikda harakatlanuvchi «Afrosiyob» elektropoyezdlari uchun chipta narxlari 2026-yil 1-fevraldan boshlab 15 foizga oshirilishini ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, chipta narxlarining oshirilishiga elektropoyezdlarga texnik xizmat ko‘rsatish va ehtiyot qismlar xarajatlarining ko‘payishi, elektr energiyasi hamda ekspluatatsiya xarajatlarining oshgani, harakat xavfsizligini to‘liq ta’minlash va xalqaro standartlar darajasida xizmat ko‘rsatishni davom ettirish zarurati sabab bo‘lgan.
Shuningdek, infratuzilmani saqlash va doimiy modernizatsiya qilish ishlari ham narxlarni qayta ko‘rib chiqishga ta’sir qilgan.
Yangilangan tariflar
| Yo‘nalish | VIP | Biznes | Ekonom |
|---|---|---|---|
| Toshkent — Buxoro | 1,138 mln so‘m | 760 ming so‘m | 509 ming so‘m |
| Toshkent — Qarshi | 976 ming so‘m | 642 ming so‘m | 429 ming so‘m |
| Toshkent — Samarqand | 709 ming so‘m | 455 ming so‘m | 311 ming so‘m |
Shu bilan birga, «Sharq», «Nasaf» va «O‘zbekiston» yo‘lovchi poyezdlari chiptalari narxlari ham 15 foizga oshirilgani ma’lum qilindi.
Avvalroq «Kursiv» nashri Talgo kompaniyasi O‘zbekistonda tezyurar poyezdlarni ta’mirlashga kirishgani haqida yozgandi.