19-yanvar uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

19-yanvar uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar 6,88 so‘mga pasayib, 11 962,78 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.
Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi
Dollar hafta boshi uchun yuqoriladi: 12-yanvarda 22,53 so‘mga oshib, 12 131,55 so‘mni tashkil etdi. 13-yanvarda 32,37 so‘mga pasayib, 12 099,18 so‘m, 14-yanvarda 51,14 so‘mga pasayib, 12 048,04 so‘m, 15-yanvarda esa 46,33 so‘mga pasayib, 12 001,71 so‘m etib belgilandi. 16-yanvar kuni ham dollar pasayishda davom etib, 11 969,66 so‘mni tashkil etdi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 40,31 so‘mga pasayib, 13 887,59 so‘mni, rubl 1,38 so‘mga oshib, 153,94so‘mni tashkil qildi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri hafta davomida dollar qanday o‘zgargani haqida yozgan edi.