Avto

Avtomobil ishlab chiqaruvchilari orqa oynadan nega voz kechmoqda

Bu yo‘nalishga ilk bo‘lib Polestar 4 elektr krossoveri asos soldi
Avtomobil ishlab chiqaruvchilari orqa oynadan voz kechmoqda
Foto: Avtoe’lon

Avtomobil ishlab chiqaruvchilari orqa oynadan voz kechib, uning o‘rniga kameralar va salon ichidagi ekranlardan foydalanishga o‘tmoqda. Bu yo‘nalishga ilk bo‘lib Polestar 4 elektr krossoveri asos soldi.

Polestar 4 klassik orqa oynaga ega bo‘lmagan ilk seriyali avtomobillardan biri bo‘ldi. Orqa ko‘rish uchun avtomobil yuqori aniqlikdagi keng burchakli HD-kamera va salon ichida joylashgan raqamli oynadan foydalanadi. Kamera tasviri real vaqt rejimida haydovchiga uzatiladi.

Foto: FAZ

Yechim munozaralarga sabab bo‘ldi. Ayrimlar bunday yondashuv ko‘rish imkoniyatini yomonlashtirishi mumkinligini aytmoqda. Ishlab chiqaruvchi esa texnologiyalar yordamida ko‘rinish sifati yaxshilanayotganini ta’kidlaydi.

Orqa oynaning olib tashlanishi dizaynerlarga ko‘proq erkinlik beradi. Bu aerodinamikani yaxshilash, avtomobil orqa qismini yanada jasur shaklda loyihalash va mo‘rt, qimmat oynadan voz kechish imkonini yaratadi.

Foto: Top Gear

Polestar ortidan ushbu g‘oyaga boshqa brendlar ham qiziqa boshlagan. Ferrari, Audi va Jaguar kompaniyalari orqa oynasiz kuzov yechimlarini konsept avtomobillarda namoyish etdi. Xususan, Jaguar Type 00 va Audi Concept C shular jumlasidan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri yangi Damas haqida qiziqarli 5 ta ma’lumot haqida yozgan edi.