BYD Ocean seriyasidagi yangi flagmanlarini qachon taqdim etishini ma’lum qildi

16-yanvar 2026 11:16 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
BYD Ocean seriyasidagi yangi flagmanlarini qachon taqdim etishini ma’lum qildi
BYD Ocean seriyasidagi yangi flagmanlarini qachon taqdim etishini ma’lum qildi / Foto: BYD

BYD kompaniyasi Ocean seriyasidagi ikki yangi flagman model Seal 08 sedan va Sealion 08 SUV avtomobillarini rasman tasdiqladi. CarNewsChina’ga ko‘ra, yangi modellar Xitoyda 2026-yilning birinchi choragida taqdim etilishi rejalashtirilgan.

Ushbu avtomobillar Ocean 8 liniyasini BYD’ning Ocean oilasidagi eng yuqori darajadagi modellarga aylantiradi. Hozircha BYD Seal 08 va Sealion 08 modellari bo‘yicha narxlar, texnik xususiyatlar va dvigatel turlari haqida ma’lumot bermagan. Rasmiy e’lon qilingan yagona materiallar teaser suratlar.

CarNewsChina
Foto: CarNewsChina

E’lon qilingan tasvirlarga ko‘ra, Seal 08 o‘rta va yirik toifadagi, sport uslubidagi tom qismiga ega sedan bo‘ladi. Sealion 08 esa balandroq va burchakli dizaynga ega o‘rta-yirik SUV sifatida namoyon bo‘lmoqda.

Foto: CarNewsChina

BYD’ning Ocean seriyasi dengiz mavzusidagi nomlar va dizayn bilan ajralib turadi. Dynasty seriyasi esa tarixiy nomlarga asoslangan. Ocean 8 va Dynasty 9 modellari bir vaqtda ishlab chiqilayotgani BYD’ning flagman avtomobillarni birgina yo‘nalishda emas, bir nechta alohida seriyalar orqali rivojlantirayotganini ko‘rsatadi.

Foto: CarNewsChina

Hozircha yangi Seal 08 va Sealion 08 modellari Han 9 va Tang 9 bilan bir xil texnologiyalarni oladimi yoki yo‘qmi, masalan, yuqori voltli tizimlar yoki ilg‘or haydovchiga yordamchi funksiyalar, bu borada ham rasmiy ma’lumot berilmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoyda arzon BYD elektromobillari ham lidar bilan ta’minlanishi haqida xabar berilgandi. Yangi versiyalar Robosense lidariga ega bo‘lib, yo‘l holatini tahlil qilish Nvidia Orin platformasi orqali amalga oshiriladi.

Shuningdek