Chiqindi xizmatidan qarzdor abonentlar ogohlantirish oldi

eʼlon qilindi
118,6 ming nafardan ortiq abonentga
maishiy chiqindi
Chiqindi xizmatidan qarzdor abonentlar ogohlantirish oldi / Foto: Chiqindilarni boshqarish agentligi

Chiqindi xizmatidan qarzdor abonentlarga rasmiy ogohlantirish yuborildi. Bu haqda Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi ma’lum qildi.

15-yanvar holatiga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab chiqindi xizmatlari bo‘yicha 9,3 mlrd so‘m debitor qarzdorlik mavjud. Shu munosabat bilan 118,6 ming nafardan ortiq abonentga «Hududiy elektr tarmoqlari» AJning «2100» qisqa raqami orqali SMS-ogohlantirishlar yuborilgan.

Qayd etilishicha, ogohlantirishdan so‘ng 5 kun ichida qarzdorligini bartaraf etmagan abonentlarga elektr energiyasi uchun to‘lov qilish imkoniyati vaqtincha cheklanadi.

Ma’lumot uchun, mazkur tartib 2025-yil 1-iyuldan chiqindi xizmatlari bo‘yicha shakllangan qarzdorliklarga nisbatan joriy etilgan bo‘lib, 2025-yil 1-noyabrdan boshlab oyma-oy qo‘llanib kelinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 20 kun ichida respublika 335 ming tonna chiqindidan tozalangani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek