Dabdabali to‘ylar uchun hashamat solig‘ini joriy etish kerak — Alisher Qodirov

eʼlon qilindi
Qodirovning ta’kidlashicha, hashamat solig‘i joriy etish bo‘yicha taklif partiya tomonidan tegishli organlarda himoya qilinadi
Это изображение имеет пустой атрибут alt; его имя файла - photo_2025-11-14_14-32-31-1024x682.jpg
Foto: Milliy tiklanish demokratik partiyasi

O‘zbekistonda dabdabali to‘ylarni tartibga solish maqsadida Milliy tiklanish demokratik partiyasi raisi Alisher Qodirov hashamat solig‘ini joriy etish kerakligini ma’lum qildi. Bu haqda 16-yanvar kuni partiya tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida xabar berildi.

Qodirovning ta’kidlashicha, to‘ylar boylikni ko‘rsatish vositasiga aylanmasligi kerak.

«Ko‘rpaga qarab oyoq uzatish davri ortda qoldi. Hech kim bir-biriga ko‘rsatish uchun to‘y qilmasligi lozim. Daromadimizni faqat to‘ylarga isrof qilish millatimizning og‘riqli illatlaridan biri», — dedi u.

Partiya raisi hashamat solig‘i taklifini izohlarkan, to‘yga kelgan har bir mehmon uchun soliq hisoblanishi kerakligini aytdi. U, shuningdek, aholiga mablag‘ni to‘ylarga sarflash o‘rniga farzandlar ta’limi, uy-joy yoki boshqa foydali maqsadlar uchun ishlatishni tavsiya qildi.

Qodirovning ta’kidlashicha, hashamat solig‘i joriy etish bo‘yicha taklif partiya tomonidan tegishli organlarda himoya qilinadi, lekin qabul qilinish yoki qilinmasligi hali aniqlanmagan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Alisher Qodirov maktabni tugatganlarni 1,5 yillik armiyaga yuborishni taklif qilgani haqida yozgandi.

Shuningdek