Dollar kursi hafta davomida keskin pasaydi

So‘nggi kunlarda AQSh dollari qiymatida ketma-ket pasayish kuzatildi. Hafta boshida qisqa muddatli o‘sish qayd etilgan bo‘lsa-da, keyingi kunlarda dollar kursi barqaror ravishda tushib bordi.
12-yanvar kuni dollar 22,53 so‘mga qimmatlashib, 12 131,55 so‘mga yetdi. Bu hafta boshidagi yagona o‘sish bo‘ldi. Shundan so‘ng kurs pastlash yo‘liga o‘tdi.
13-yanvar kuni dollar 32,37 so‘mga arzonlab, 12 099,18 so‘mni tashkil etdi. 14-yanvarda pasayish yanada kuchaydi va kurs 51,14 so‘mga tushib, 12 048,04 so‘m etib belgilandi.

15-yanvar kuni ham dollar qiymati kamayishda davom etdi. Bu kuni kurs 46,33 so‘mga pasayib, 12 001,71 so‘mga tushdi. 16-yanvar kuni esa dollarning navbatdagi pasayishi qayd etildi va kurs 11 969,66 so‘mni tashkil etdi.
Umuman olganda, AQSh valyutasi 161,89 so‘mga pasaydi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 19-yanvar uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.