
AQShning Keurig Dr Pepper kompaniyasi JDE Peet’s qahva va choy guruhini $18 mlrdga sotib olish bo‘yicha rasmiy taklif kiritdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Keurig har bir aksiya uchun 31,85 yevro taklif qilmoqda. JDE Peet’s boshqaruvi va aksiyadorlarning 69 foizi ushbu taklifni qabul qilish majburiyatini olganini tasdiqladi. Bitim 2026-yilning ikkinchi choragida to‘liq yakunlanishi kutilmoqda. Rejaga ko‘ra, birlashgan tuzilma keyinchalik ikkita alohida ochiq kompaniyaga: qahva va boshqa ichimliklar biznesiga ajratiladi.
Ushbu yirik xarid global qahva bozorida narxlar rekord darajaga yetgan bir paytda amalga oshirilmoqda. Bunga Braziliya va Vyetnamdagi qurg‘oqchilik hamda AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan savdo hamkorlariga nisbatan kiritilgan import tariflari sabab bo‘lgan. Keurig investorlarning qarzlar bo‘yicha xavotirlarini yumshatish maqsadida oktabr oyida xaridni moliyalashtirish uchun xususiy sarmoya firmalaridan $7 mlrd jalb qilgan edi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan jahon bozorida qahva narxi rekord darajada pasaygani haqida xabar bergan edi.