Yangiliklar

GAC 2026-yilda to‘rtta yangi avtomobil modelini taqdim etadi

Barcha modellarga 5 yillik kafolat beriladi
GAC 2026-yilda to‘rtta yangi avtomobil modelini taqdim etadi / Foto: GAC

Xitoyning Toyota kompaniyasidagi asosiy hamkori GAC 2026-yilda Rossiya bozoriga yangi avtomobil modellari bilan chiqadi. Bu haqda Autostat nashri ma’lum qildi.

GAC Motor Rossiya bosh direktorining o‘rinbosari Yan Syaolin ma’lum qilganidek, kompaniya yil davomida to‘rtta yangi modelni taqdim etadi. Asosiy yangilik sifatida GAC S7 krossoveri bo‘lib, u brendning yangi premium avtomobil liniyasini ochadi.

Model hozirda Rossiyada sertifikatlash jarayonidan o‘tmoqda. Avtomobilning o‘lchamlari 4900 x 1950 x 1780 mm va g‘ildiraklar orasidagi masofa 2880 mm bo‘lib, 1,5 litrlik turbo dvigatelga asoslangan gibrid tizimi bilan taklif qilinadi.

Bundan tashqari, yil davomida Rossiya bozorida GAC S9 flagman gibrid krossoveri, GAC Aion V shahar ichida foydalanishga mo‘ljallangan ixcham elektr krossoveri va GAC Hyptec HT «lux» elektr krossoveri ham sotuvga chiqariladi. Ushbu barcha modellarga 5 yil yoki 150 ming kilometr kafolat beriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yandex Rossiyada ilk elektromobilini taqdim etgan edi.