Yangiliklar

Mahkumlarga masofadan videomuloqot qilish huquqi berildi

Avval ular faqat telefon orqali 15 daqiqa davomida muloqot qila olgan
Mahkumlarga masofadan videomuloqot qilish huquqi berildi / Foto: Sun’iy intellekt

Mahkumlar masofali video-uchrashuv orqali muloqot qilish huquqiga ega bo‘ldi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

2026-yil 15-yanvar kuni qabul qilingan qonun Jinoyat-ijroiya kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritdi. Unga ko‘ra, ozodlikdan mahrum etilgan mahkumlar o‘z shaxsiy mablag‘lari hisobiga 15 daqiqa davom etuvchi masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali muloqot qilish huquqiga ega bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, avval mahkumlar 15 daqiqa davom etuvchi telefon orqali bir marta so‘zlashish huquqiga ega bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda notarial harakatlar videokonferensiya orqali ham amalga oshirilishi haqida xabar bergan edik.