
Navoiy shahrida tahsil oluvchi ikki nafar 5-sinf o‘quvchisi ingliz tili bo‘yicha «B2» darajadagi milliy sertifikatni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Shuningdek, «Thompson International School» nodavlat maktabining 5-sinf o‘quvchisi Yasmina Ergasheva ham xuddi shunday muvaffaqiyatga erishdi. U ham milliy sertifikat imtihonini ilk urinishda topshirib, «B2» darajasiga ega bo‘ldi.
«Yosh bo‘lishiga qaramay, bunday yuqori natijaga erishish – Yasminaning izchil mehnati, bilimga bo‘lgan intilishi va mas’uliyati samarasidir», – deyiladi boshqarma xabarida.

Navoiy shahridagi 22-umumta’lim maktabining 5-sinf o‘quvchisi Islombek Mansurov imtihonni birinchi urinishdayoq topshirib, ushbu natijani qayd etgan. Boshqarma uning yutug‘ini yoshlarning chet tillariga qiziqishi ortib borayotganining hamda to‘g‘ri yo‘naltirish samarasining isboti sifatida baholadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan «B2» sertifikati yo‘q xorijiy til o‘qituvchilari dars bera olmasligi haqida xabar bergan edi.