
O‘zbekiston 2025-yilning yanvar – noyabr oylarida 11 ta xorijiy davlatga qiymati $13,2 mlnga teng bo‘lgan 25,5 ming tonna olma eksport qildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 42,2 foizga qisqargan. O‘sha davrda O‘zbekistondan 44,1 ming tonna olma eksport qilingan. Hisobot davrida o‘zbek olmasining eng yirik xaridorlari Qozog‘iston va Rossiya bo‘lib qolmoqda. Ushbu ikki davlat eksportning asosiy qismini tashkil etgan.
Eksport geografiyasida Qozog‘iston 12,2 ming tonna, Rossiya esa 11,3 ming tonna bilan yetakchilik qilayotir. Keyingi o‘rinlarda Qirg‘iziston 1,3 ming tonna, Iroq 204 tonna va Turkmaniston 167 tonna olma bilan qayd etilgan. Boshqa davlatlarga jami 283 tonna mahsulot eksport qilingan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan meva-sabzavot eksportini 40 foizga oshgani haqida xabar bergan edi.