
2025/2026-oʻquv yili uchun Oʻzbekiston prezidenti va nomli davlat stipendiyalarining respublika bosqichi tanlovlari 22–29-yanvar kunlari oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Talabgorlar hujjatlari 2025-yil 1–15-noyabr kunlari vazirlikning my.edu.uz elektron platformasi orqali qabul qilingan. Dastlabki ekspertiza jarayonida 98 ta oliy ta’lim tashkilotidan hujjat topshirgan 700 dan ortiq talabgorning hujjatlarida turli kamchiliklar aniqlangan va hozirda ularni bartaraf etish boʻyicha ishchi guruh tomonidan ishlar olib borilmoqda.
Rasmiy ma’lumotlarga koʻra, barcha tayyorgarliklar yakunlanganidan so‘ng, respublika bosqichi tanlovlari belgilangan sanalarda oʻtkaziladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan «El-yurt umidi» jamg‘armasi hisobidan maqsadli stajirovka tartibi tasdiqlangani haqida yozgandi.