Silk Avia ichki yo‘nalishlar bo‘yicha narxlarni oshiradi
eʼlon qilindi
1-fevral sanasidan boshlab

Silk Avia 2026-yil 1-fevraldan boshlab ichki yo‘nalishlar bo‘yicha tariflarni oshiradi. Bu haqda aviakompaniya rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.
Yangilangan tariflar o‘rtacha 7–7,5 foizga ko‘tarilgan bo‘lib, chiptalar aviakompaniya saytida, barcha aeroportlarda va Uzbekistan Airways Sales filiallarida sotuvga qo‘yilgan.
| Yo‘nalish | Narx (so‘mdan boshlab) |
|---|---|
| Toshkent – Samarqand | 313 089 |
| Toshkent – Buxoro | 344 399 |
| Toshkent – Navoiy | 297 435 |
| Toshkent – Qarshi | 297 435 |
| Toshkent – Termiz | 360 053 |
| Toshkent – Namangan | 297 435 |
| Toshkent – Farg‘ona | 297 435 |
| Toshkent – Urganch | 469 635 |
| Toshkent – Qo‘qon | 297 435 |
| Toshkent – Andijon | 328 745 |
| Toshkent – Sariosiyo | 422 671 |
| Toshkent – Zomin | 125 236 |
| Toshkent – Shahrisabz | 297 435 |
| Nukus – Mo‘ynoq | 125 236 |
Ma’lumot uchun, narxlar bir tomonga hisoblangan. Yo‘lovchilarga sayohatlarini rejalashtirishda ushbu o‘zgarishlarni inobatga olish tavsiya qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 1-fevraldan «Afrosiyob» poyezdlari chiptalari 15 foizga qimmatlashishi haqida yozgan edik.