
UzAuto Motors kompaniyasining soliq tushumlari 42 foizga pasaygan. Bu haqda Soliq qo‘mitasi ma’lum qildi.
Kompaniya o‘tgan yilning 11 oyida 1,88 trln so‘m soliq to‘lagan. Ko‘rsatkich 2024-yilda 3,2 trln so‘m edi. 2025 yil yanvar – noyabr oylarida ishlab chiqarish sohasida eng yirik soliq to‘lovchilardan tushumlar o‘tgan yilga nisbatan keskin kamaydi. Davlat soliq qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, TOP-20 korxonaning umumiy soliq tushumlaridagi ulushi 20,8%ni tashkil qildi. 2024 yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 41,4% edi.

Eng yirik soliq to‘lovchi «O‘zbekneftgaz» AJ 2025-yil yanvar – noyabrda 3,44 trln so‘m soliq to‘ladi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 585,9 mlrd so‘mga kam.
«Uzbat» AO tomonidan to‘langan soliqlar hajmi esa deyarli o‘zgarmadi. Kompaniya 2025-yilning 11 oyida 2,69 trln so‘m soliq to‘ladi. 2024-yil yanvar – noyabrda bu ko‘rsatkich 2,64 trln so‘m bo‘lgan. O‘sish 53,6 mlrd so‘mni tashkil etdi.
«Talimarjon issiqlik elektr stansiyasi» AJ2025-yil yanvar – noyabrda 1,3 trln so‘m soliq to‘ladi. 2024-yilning mos davrida bu ko‘rsatkich 251,6 mlrd so‘m edi. Bir yil ichida o‘sish qariyb 1,05 trln so‘mga yetdi.
«Coca-Cola ichimligi Uzbekistan» MChJ 2025-yilning 11 oyida 1 trln so‘m soliq to‘ladi. 2024-yil yanvar – noyabrda kompaniya 596,4 mlrd so‘m soliq to‘lagan. O‘sish hajmi 408,2 mlrd so‘mni tashkil etdi.
«Tashkent Tobacco» MChJ ham soliq tushumlarini oshirgan. Kompaniya 2025-yil yanvar – noyabrda 984,6 mlrd so‘m soliq to‘ladi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 98,3 mlrd so‘mga ko‘p.
Kursiv Uzbekistan nashri O‘zbekistonda elektromobillarni zaryadlash stansiyalari bojxona bojidan ozod qilinishi haqida yozgan edi.