
Yevropa davlatlari Grenlandiyada harbiy mavjudlikni kuchaytirishga kirishdi. Daniya esa NATO hududida mavjudlikni ta’minlash rejalarini davom ettiradi, deya yozmoqda Reuters agentligi.
Daniya Grenlandiyada xavfsizlikni mustahkamlash maqsadida NATO hamkorlari bilan harbiy mashg‘ulotlarni rejalashtirmoqda. Shu munosabat bilan Germaniya, Fransiya, Shvetsiya, Norvegiya, Finlyandiya va Niderlandiya hududga harbiy xizmatchilarni yuborib, mashg‘ulotlarga tayyorgarlikni boshladi. Bu chora AQSh, Daniya va Grenlandiya rasmiylari uchrashuvida kelishuvga erishilmagan kunning ertasigayoq qo‘llab-quvvatlandi.
Grenlandiyaning strategik joylashuvi va tabiiy resurslarga boyligi hisobga olinib, AQSh prezidenti Donald Tramp hududni milliy xavfsizlik nuqtai nazaridan muhim deb atadi va kuch ishlatish imkoniyatini inkor etmadi. Daniya va Grenlandiya esa hudud sotilmasligini va kuch ishlatish tahdidlari beparvo ekanini ta’kidladi.
Ma’lumot uchun, hozirda Grenlandiyada taxminan 200 nafar AQSh harbiy xodimi joylashgan bo‘lsa, Yevropa davlatlari dastlab kichik tarkibdagi qo‘shin yuborgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Grenlandiya aholisi Daniya tarkibida qolishni qo‘llab-quvvatlashini bildirib, mustaqillik bo‘yicha muhokamalarni vaqtincha to‘xtatishni so‘ragan edi.