Avto

Zeekr 007 va 007 GT’ning yangi versiyalari e’lon qilindi: nimalar o‘zgaradi

Avtomobillar 2026-yilning ikkinchi choragida bozorga chiqishi kutilmoqda
Foto: Zeekr

Zeekr kompaniyasi Zeekr 007 va Zeekr 007 GT elektromobillarining yangi versiyalarini chiqarishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi. Avtomobillar 2026-yilning ikkinchi choragida bozorga chiqishi kutilmoqda.

Foto: Zeekr

Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi modellar keyingi avlod Nvidia Drive Thor-U haydovchiga yordam tizimi chipi hamda 900 voltli yuqori kuchlanishli arxitektura bilan jihozlanadi. Bu esa tezroq zaryadlanish, energiya samaradorligi va avtopilot tizimlarining yanada barqaror ishlashini ta’minlashi kerak. Aniq texnik konfiguratsiyalar rasmiy taqdimotdan keyin e’lon qilinadi.

Foto: Zeekr

Eslatib o‘tamiz, Zeekr 2025-yil oktabr oyida 900 voltli arxitekturaga ega yangilangan Zeekr 001 modelini taqdim etgan edi. Ushbu model yulduzli osmon panoramali tomi bilan ajralib turadi. Shu bilan birga, Zeekr 007 (2025) H7 yordamchi tizimi, lidar, ikkita Nvidia Orin X chipi bilan taklif qilingan. Model CLTC standarti bo‘yicha 870 km gacha yurish masofasi, 0–100 km/soatga 2,84 soniyada tezlanish va 10,5 daqiqada 10 foizdan 80 foizgacha tezkor zaryadlanish imkoniyatiga ega.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Yangi Zeekr 8X chiqarilishiga tayyorgarlik ko‘rilayotgani haqida yozgandi.