Navoiyda $1000 evaziga Ichki ishlarga ishga kiritishni va’da qilgan shaxs ushlandi

eʼlon qilindi
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘yish hamda imtihonsiz haydovchilik guvohnomasi olib berishni va’da qilgan
Foto: Videodan olindi

Navoiy viloyatining Zarafshon shahrida fuqaroni ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘yish hamda imtihonsiz haydovchilik guvohnomasi olib berishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Navoiy telekanalining «Diyor 24» axborot dasturi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 1994-yilda Uchquduq tumanida tug‘ilgan shaxs bir fuqaroning ishonchiga kirib, go‘yoki ichki ishlar organlaridagi tanishlari orqali uni tizimga ishga joylashtirib berishini va haydovchilik guvohnomasini imtihonsiz rasmiylashtirib berishini aytgan. Ushbu xizmatlar evaziga u $1000 talab qilgan.

Tezkor tadbir davomida gumonlanuvchi Zarafshon shahridagi savdo majmualaridan biri oldida arizachidan kimyoviy ishlov berilgan $1000 ni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

So‘roq jarayonida u o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘lib, ichki ishlar bo‘limi rahbari nomidan foydalanganini, biroq rahbariyatning mazkur holatga aloqasi yo‘qligini hamda pul mablag‘larini shaxsiy manfaatlari uchun olganini ma’lum qilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Zarafshon shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan poytaxtdagi hokimlik mansabdori pora bilan qo‘lga tushgani haqida yozgandi.

Shuningdek