
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining U-23 Osiyo kubogi chorakfinal bosqichi doirasida Xitoyga qarshi o‘yin uchun asosiy tarkibi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.

Mazkur uchrashuv bugun, 17-yanvar kuni, Toshkent vaqti bilan soat 16:30 da Saudiya Arabistonining Jidda shahrida joylashgan «Qirol Abdulla Al Faysal Sports Siti» stadionida bo‘lib o‘tadi.
O‘yin g‘olibi musobaqaning yarimfinal bosqichiga yo‘l oladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan U-23 Osiyo kubogida O‘zbekiston Janubiy Koreyani mag‘lub etgan haqida xabar bergan edi.