Taxtaqoracha dovonida harakat tiklandi

Avvalroq 16-yanvar kuni soat 21:30 dan boshlab Samarqand viloyatining Urgut tumani hududidan o‘tuvchi M-39 Olmaota – Bishkek – Toshkent – Shahrisabz avtomobil yo‘lining Taxtaqoracha dovonida harakat vaqtincha cheklangani haqida xabar berilgandi.
Samarqand viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati xabariga ko‘ra, bugun 17-yanvar kuni soat 12:10 holatiga ko‘ra, dovonda ob-havo sharoiti yaxshilanishi va yo‘l qoplamasi tozalanganidan so‘ng transport vositalari harakati tiklandi.
Viloyat IIB JXX YHXB haydovchilardan dovon hududida harakatlanishda ehtiyot choralariga rioya qilish hamda yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarini qat’iy bajarishni so‘ragan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan havo sovuqligi munosabati bilan energiya tizimi kuchaytirilgan rejimga o‘tkazilishi haqida yozgandi.