AQSh Grenlandiya masalasiga aralashgan 8 ta Yevropa davlatiga bojlarni oshirmoqchi

eʼlon qilindi
2026-yil 1-fevraldan boshlab
Tramp ma’muriyati beshta shtatga ajratilgan yordam pullarini muzlatib qo‘ydi
AQSh Grenlandiya masalasiga aralashgan 8 ta Yevropa davlatiga bojlarni oshirmoqchi / Foto: Facebook

17-yanvar kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Grenlandiyani sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishilmaguncha Yevropa davlatlariga nisbatan bojlarni oshirishini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, Tramp 1-fevraldan boshlab Daniya, Norvegiya, Shvetsiya, Fransiya, Germaniya, Niderlandiya, Finlyandiya va Buyuk Britaniyadan import qilinadigan tovarlarga qo‘shimcha 10 foizlik boj joriy etilishini aytdi. 1-iyundan esa bu ko‘rsatkich 25 foizga yetkaziladi.

Tramp Grenlandiyani AQSh xavfsizligi uchun muhim hudud deb baholab, uning strategik joylashuvi va tabiiy resurslarini asos sifatida keltirdi. Daniya va Grenlandiya rahbarlari esa hudud sotilmasligini va AQSh tarkibiga kirishni istamasligini qat’iy bildirgan.

Mazkur tahdid AQShning Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniya bilan ilgari erishgan savdo kelishuvlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. AQSh Oliy sudi esa Tramp joriy etgan bojlarning qonuniyligini ko‘rib chiqmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropa Trampning da’volariga javoban Grenlandiyaga qo‘shin yuborgan edi.

Shuningdek