BMW 4-seriyasining uchinchi avlodini ishlab chiqishni boshladi

18-yanvar 2026 16:52 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Jurnalist h.muxtorova@kursiv.media
BMW 4-seriyasining uchinchi avlodini ishlab chiqishni boshladi / Foto: BMW

BMW kompaniyasi 4-seriya avtomobillarini ishlab chiqarishni to‘xtatishni rejalashtirmagan, aksincha, uchinchi avlod ustida ish olib bormoqda. Bu haqda BMW’ning tadqiqot va ishlanmalar bo‘limi rahbari Yoaxim Post ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 4 Series BMW uchun muhim va sport xarakteriga ega model bo‘lib, kelajakda ham kompaniya portfelida muhim o‘rin tutadi. Post, shuningdek, 3-seriya va X3 modellarini ishlab chiqishda 4-seriya va X4 kabi hosila modellar ham bir vaqtning o‘zida rejalashtirilishini, bu esa ishlab chiqarishda sinergiya yaratishini ta’kidladi.

Yangi avlod 4 Series Neue Klasse deb nomlangan yangi elektrlashtirilgan platformaga asoslanadi. Ushbu platforma asosida elektromobillar hamda ichki yonuv dvigatelli modellar ishlab chiqariladi. Elektromobil versiyasi i4 vorisi bo‘lib, 108 kVt·soatgacha batareya va WLTP sikli bo‘yicha 800 kilometrdan ortiq yurish masofasiga ega bo‘lishi kutilmoqda.

Shuningdek, M-versiyalar ham saqlanib qoladi. Keyingi M4 modeli to‘rt motorli elektromobil va «Evro-7» talablariga moslashtirilgan S58 benzin dvigatelli variantlarda taqdim etiladi. BMW benzin dvigatellaridan voz kechishga shoshilmayotgani va ularni yangi ekologik me’yorlarga moslab tayyorlab qo‘ygani ham qayd etildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq BMW 31 ta modeli uchun chegirma e’lon qilgan edi.

Shuningdek