
Samsung kompaniyasining yangi flagman smartfoni Galaxy S26 Ultra haqida yangi tafsilotlar oshkor qilindi. Bu haqda mashhur insayder Ice Universe ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Galaxy S26 Ultra qora, oq, ko‘k va binafsha ranglarda sotuvga chiqadi. Galaxy S26 va Galaxy S26+ modellari 2 nm texnologiyasi asosida ishlab chiqarilgan Exynos 2600 chipi bilan jihozlanadi. Galaxy S26 Ultra esa 3 nm texnologiyasiga ega Snapdragon Elite Gen 5 chipidan foydalanadi.
Galaxy S26 Plus uchun komponentlar ishlab chiqarilishi o‘tgan oy boshlangan bo‘lsa, S26 va S26 Plus yakuniy yig‘ilishi joriy oyda boshlanadi. Shu bilan birga, Galaxy S26 Ultra boshqa modellardan avval ommaviy ishlab chiqarishga chiqarilgan va hozir yuqori hajmda ishlab chiqarilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avalroq Samsung Galaxy S26 smartfonlari 11-martdan sotuvga chiqishi haqida xabar bergan edik.