Shri-Lankada dunyodagi eng yirik safir taqdim etildi

Shri-Lankada dunyodagi eng yirik safir ommaga taqdim etildi. Associated Press xabariga ko‘ra, safir 3563 karat vaznga ega bo‘lib, uning qiymati $300–$400 mln atrofida baholanmoqda.
Nodir binafsha yulduzli safir «Star of Pure Land» nomi bilan mashhur. Tosh Ratnapura shahrida — an’anaviy qimmatbaho toshlar qazib olinadigan markazda topilgan va rasmiy ravishda 2026-yil yanvar oyida ommaga taqdim etilgan.

AP ma’lumotlariga ko‘ra, safir yuzasida aniq ko‘rinadigan «yulduz» effekti — asterizmga ega bo‘lib, bu uning kollektsion va bozor qiymatini sezilarli darajada oshiradi.
Shri-Lanka hukumat va zargarlar sanoati vakillari ushbu topilma mamlakatni qimmatbaho toshlar qazib olish va eksport qilish bo‘yicha jahon markazlaridan biri sifatida yanada e’tibor qaratilishiga yordam beradi, deb umid qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Dubayda dunyodagi eng baland mehmonxona ochilgan edi.