
Oʻzbekiston 2025-yilning yanvar–noyabr oylarida 11 ta xorijiy davlatga jami 3,8 ming tonna limon eksport qilgan. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlari taqdim etildi.
Eksport hajmining umumiy qiymati $5,4 mlnni tashkil etgan. Koʻrsatkichlar oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 764 tonnaga, yaʼni 25 foizga oshgan.
Oʻzbekiston limonini eng koʻp xarid qilgan davlatlar orasida Qozogʻiston yetakchilik qilgan — 1 827 tonna. Rossiyaga 1 740 tonna, Qirgʻizistonga 236,5 tonna limon eksport qilingan.
Shuningdek, Belarusga 4,7 tonna, BAAga 3,8 tonna, boshqa davlatlarga esa jami 3,9 tonna mahsulot yetkazib berilgan.
Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekiston olma eksportini 42,2 foizga kamaytirgani haqida yozgandi.
Shuningdek, xalqaro miqyosda Xitoy 2025-yilda rekord darajadagi eksport ko‘rsatkichini qayd etdi.