Banklar va moliya

2025-yilda O‘zbekiston banklari rekord darajada foyda qildi

Milliy bank 1,9 trln so‘m foyda bilan ro‘yxat yetakchisiga aylandi
приватизация госбанков в Узбекистане
2025-yilda O‘zbekiston banklari rekord darajada foyda qildi / Foto: Navsesto/Depositphotos

2025-yil O‘zbekiston banklari uchun moliyaviy jihatdan juda omadli bo‘ldi. Mazkur yil davomida banklar umumiy 15,5 trln so‘m sof foyda oldi, bu 2024-yilgi inqirozli davrga nisbatan 2,3 barobar ko‘pdir.

Tugatilayotgan «Yangi bank»dan tashqari barcha 34 ta bank yilni foyda bilan yakunladi. Ular orasida Infinbank, Uzum Bank, Ziraat bank, Poytaxtbank va TBC Bank o‘tgan yildagiga nisbatan kamroq foyda olgan.

Bir necha yildan beri yetakchi mavqeyini saqlab kelayotgan Milliy bank 1,9 trln so‘m foyda bilan 2025-yilni yana birinchi o‘rinda yakunladi. Kuchli uchlikka SQB (1,88 trln so‘m) va Kapitalbank (1,79 trln so‘m) kirdi.

2024-yilda ikkinchi o‘rinda bo‘lgan Hamkorbank esa 2025-yilda to‘rtinchi o‘ringa tushib qoldi. Bankning foydasi o‘tgan yilga nisbatan 278 mlrd so‘mga ko‘paygan, ammo boshqa banklarda ham sezilarli o‘sish kuzatildi. 1 trln so‘mdan ortiq foyda olgan banklar ro‘yxati OFB tomonidan yopib berildi.

Yana bir o‘zgarish – TBC Bankning foydasi 340 mlrd so‘mga kamayib, deyarli nolga tushdi va foyda ko‘rsatkichi bo‘yicha eng oxirgi o‘rinni egalladi.

Eng ko‘p foydasi o‘sgan bank esa BRB bo‘lib, 2025-yilda 503 mlrd so‘m sof foyda qayd etdi. Ma’lumot uchun, 2024-yilda mazkur bank 2,2 trln so‘mdan ziyod zarar ko‘rgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq tugatilayotgan «Yangi bank»da kafolatlanmagan omonat mablag‘lari qanday qaytarilishi haqida yozgan edik.