Avto

2025-yilda Xitoy avtobozorida qaysi brendlar yetakchilik qildi

Ikki yil ketma-ket yetakchilik qilgan Tesla Model Y bu yil uchinchi o‘ringa tushib qoldi
2025-yilda Xitoy avtobozorida qaysi brendlar yetakchilik qildi / Foto: Xiaomi

Xitoyda 2025-yilda yangi yengil avtomobillarning sotuv natijalari e’lon qilindi. Yil davomida mahalliy avtomobil brendlari ustunlik qildi, deya yozmoqda «Kitayskiye avtomobili» nashri.

Foto: Geely

Reytingning yangi yetakchisi — Geely Xingyuan (eksport bozorlarida Geely EX2 nomi bilan tanilgan) bo‘ldi. 2025-yilda ushbu modeldan 465 mingdan ziyod sotilgan. Mashina 2024-yil oktabridan boshlab ishlab chiqariladi. Avtomobil $9,8 mingdan $14,1 minggacha narxda sotilmoqda.

Foto: Wuling

Ikkinchi o‘rinni Wuling Hongguang Mini EV egalladi. Ushbu superkompakt elektromobil 435, 6 ming dona sotilgan. Ikkinchi avlod uzunroq, besh eshikli va zamonaviy dizaynga ega bo‘lib, narxi $5,1 mingdan boshlanadi.

Foto: Tesla

Tesla Model Y krossoveri 2025-yilda 425, 3 mingdan ortiq sotuv bilan uchinchi o‘ringa tushib qoldi. Restylingga qaramay, sotuvlar 11,5% ga kamaygan. Mashina qimmat ($37,8 ming atrofida) va eski 400 voltli arxitekturaga ega.

Foto: BYD

BYD kompaniyasi ichki raqobatning kuchayishi tufayli yuqori talabgirligini qisman yo‘qotdi. Eng yaxshi modeli – BYD Qin Plus sedani 4-o‘rinda (387, 3 mingdan ziyod), sotuvlar esa 19,4% ga kamaygan.

Foto: BYD

BYD Seagull 6-o‘rinda – model 310,9 ming donadan ziyod sotuvga erishdi. Yangi Qin L esa 264,6 mingdan ziyod sotuv bilan 8-o‘rinni egalladi.

Foto: Xiaomi

Xiaomi SU7 elektr sedani 9-o‘rinda (258,1 mingdan ziyod) bo‘lib, sotuvlar yil davomida 85,6% ga oshgan.

Shuningdek, Nissan Sylphy 320 mingga yaqin sotuvlar bilan 5-o‘rinni, Volkswagen Lavida 7-o‘rinni ( 270,4 mingta) va Volkswagen Sagitar 10-o‘rinni (256 mingga yaqin) band etdi. Geely Monjaro, Geely Atlas, Volkswagen Passat, BYD Seal 06 va Toyota Camry TOP – 15 talik ro‘yxatdan o‘rin oldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq avtomobil uchun eng yaxshi videoregistratorlar haqida batafsil yozgan edik.