Avto

32 ming dollarlik Chery Tiggo 8’ning yangi bazaviy talqini bozorga chiqmoqda

Malayziya bozoriga chiqmoqda
32 ming dollarlik Chery Tiggo 8’ning yangi bazaviy talqini bozorga chiqmoqda
32 ming dollarlik Chery Tiggo 8’ning yangi bazaviy talqini bozorga chiqmoqda / www.chery.my

Chery Tiggo 8’ning yangi bazaviy versiyasi Malayziya bozoriga chiqmoqda. Avtomobilning narxi sug‘urtasiz 129,8 ming Malayziya ringgitini ($32 ming) tashkil etadi.

Foto: www.chery.my

Mazkur model 1,6 litrli turbo dvigatel bilan jihozlangan bo‘lib, uning quvvati 197 ot kuchiga teng. Dvigatel 7 pog‘onali robotlashtirilgan uzatmalar qutisi bilan birga ishlaydi.

Tashqi ko‘rinishda bazaviy Tiggo 8 orqa chiroqlarning uzluksiz chizig‘i yo‘qligi va dekorativ nasadkalari bilan farqlanadi. Salonida esa multimediya va asboblar paneli alohida ekranlarda joylashgan, iqlim nazorati uchun qo‘shimcha boshqaruv paneli mavjud.

Foto: www.chery.my

Shu bilan birga, avtomobil xavfsizlik bo‘yicha ADAS tizimlari va 360 darajali panorama ko‘rinishini saqlab qolgan. Model ikki rangda taklif etiladi: to‘q qora va och jigarrang.

Avtomobilga 7 yil yoki 150 ming kilometr kafolat beriladi. Dvigatel uchun esa 10 yil yoki 1 million kilometr kafolat amal qiladi. Chery Tiggo 8’ning bazaviy versiyasi Malayziyada 24-yanvardan sotuvga chiqarilishi kutilmoqda.

Foto: www.chery.my

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chery Liefeng avtomobili qanday imkoniyatlar bilan chiqarilishi haqida ma’lumot berilgandi. Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, ushbu model -30°C haroratda ham 1 500 km masofani bosib o‘ta oladi.