Yangiliklar

Apple iPhone 18 Pro smartfonida 5G aloqasini joriy qilmoqchi

Sun’iy yo‘ldosh orqali
Apple iPhone 18 Pro smartfonida 5G aloqasini joriy qilmoqchi / Foto: Geeky Gadgets

Apple kompaniyasi o‘z smartfonlarida sun’iy yo‘ldosh orqali 5G aloqasini joriy qilishi kutilmoqda. Ushbu texnologiyani iPhone 18 Pro modellari qo‘llab-quvvatlashi mumkin, deya xabar bermoqda ishonchli insayderlar.

Sun’iy yo‘ldosh orqali 5G aloqasi mavjud iPhone’larda ishlatilgan texnologiyaga o‘xshash, lekin tezligi yuqori va qo‘shimcha imkoniyatlar beradi. Bu orqali foydalanuvchi xabar yuborishi, qo‘ng‘iroq qilishi va internetdan foydalanishi mumkin bo‘ladi.

WCCF Tech ma’lumotiga ko‘ra, funksiya mobil operatorlar orqali ishlaydi. Shuning uchun ba’zi operatorlar qo‘shimcha to‘lov olishi yoki dastlab barcha operatorlar ham xizmatni qo‘llab-quvvatlamasligi mumkin.

Sun’iy yo‘ldosh orqali SOS funksiyasi iPhone 14’dan boshlab mavjud bo‘lib, Apple dastlab uni ikki yil bepul taqdim etishini va’da qilgan. Hozirga qadar uch yarim yil o‘tgan bo‘lishiga qaramay funksiya bepul ishlaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Apple’ning yangi iPhone Fold egiluvchan smartfoni qanday ko‘rinishga egaligi haqida yozgan edik.