BYD Seal 06 avtomobillari yangilandi

19-yanvar 2026 09:23 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Foto: CarNewsChina

BYD kompaniyasi BYD Seal 06 oilasini yangiladi. Bu haqda CarNewsChina nashri xabar bermoqda. Yangilanishlar elektromobil, DM-i gibrid va GT xetchbek modellarini qamrab oldi.

Seal 06 EV’ning eng uzoq yuradigan versiyasi 630 km masofani bosib o‘tadi. Unda 240 kVt quvvatli elektromotor o‘rnatilgan. Energiya sarfi 100 km ga 11,4 kVt/soatni tashkil etadi. O‘rta versiya 530 km yurish masofasiga ega. Bu variant 120 kVt motor bilan keladi va 100 km ga 10,7 kVt/soat sarflaydi.

Foto: CarNewsChina

Har ikkala elektromobil yangi avlod Blade batareyasi hisobiga samaradorlikni oshirdi. Batareya, motor va elektr boshqaruv tizimi integratsiyasi yaxshilandi. 630 km’lik versiyada 64,3 kVt/soatli batareya bor. Uning og‘irligi 444 kg. Avtomobilning umumiy og‘irligi 1 795 kg. 530 km lik versiyada 52,9 kVt/soatli batareya qo‘llaniladi. Energiya zichligi 144 Wh/kg darajada.

Seal 06 DM-i gibrid modellari ham yangilandi. Ikkala variantda 175 kVt quvvatli motor ishlatiladi. Bir versiya elektrda 150 km yuradi. Energiya sarfi 100 km ga 15,2 kVt/soat. Ikkinchi variant elektrda 155 km masofani bosib o‘tadi. Unda sarf 14,7 kVt/soatgacha kamaygan.

Foto: CarNewsChina

Seal 06 GT xetchbeklari ham qayta ko‘rib chiqildi. Uzoq yuradigan GT EV 200 kVt motor va 57,5 kVt/soatli batareyaga ega. Uning masofasi 520 km. Kuchli versiya 240 kVt motor bilan keladi. Batareya sig‘imi 69,1 kVt·soat. CLTC bo‘yicha yurish masofasi 620 km.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri BYD Ocean seriyasidagi yangi flagmanlarini qachon taqdim etishini ma’lum qilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek