
Eron rasmiylari mamlakatdagi internet uzilishini yaqin kunlarda bekor qilishi mumkinligini bildirdi. Qaror ichki noroziliklar va hukumat tomonidan kuch ishlatilishi natijasida yuzaga kelgan yirik tartibsizliklardan so‘ng e’lon qilindi, deya yozmoqda Reuters.
Dekabr oxirida boshlangan noroziliklar uch kun davomida ommaviy zo‘ravonlik bilan bostirildi. Tasdiqlangan o‘limlar soni 5 mingdan oshgan, jumladan 500 nafari xavfsizlik kuchlari a’zolari. Eng katta zo‘ravonliklar shimol-g‘arbdagi kurd hududlarida sodir bo‘lgan.
Internet va xalqaro telefon liniyalari yirik noroziliklardan oldin uzib qo‘yilgan edi. Hozirgi paytda internet qisman tiklangan bo‘lib, hukumat nazorati ostida ba’zi xabarlar tarqatilmoqda. Parlamentning Milliy xavfsizlik va tashqi siyosat qo‘mitasi raisi Ebrahim Azizi internet xizmatini xavfsizlik shartlari mos bo‘lgan zahoti qayta tiklashini aytdi.
17-yanvar kuni davlat televideniyesi vaqtincha buzib kirilgan vaqtida ekranda «Eron milliy inqilobining haqiqiy yangiliklari» sarlavhasi ostida Rizo Pahlaviy, Eronning so‘nggi shohining AQShdagi o‘g‘li, nutqi namoyish etildi. Pahlaviy xalqni namoyishlarga chaqirdi va Eronga qaytishni rejalashtirayotganini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Erondagi noroziliklar natijasida kamida 5 ming kishi halok bo‘lgani haqida xabar bergan edik.