
Pulyar quymog‘i — oddiy mahsulotlardan tayyorlanadigan, havodor va yengil nonushta taomi. U tez pishadi va kundalik ovqatlanish uchun qulay variant hisoblanadi.
Masalliqlar
| Masalliq nomi | Miqdori |
|---|---|
| Tuxum | 6 ta |
| Sut | 30 gramm |
| Sarimsoqpiyoz kukuni | Bir chimdim |
| Tuz | Ta’bga ko‘ra |
| O‘simlik yog‘i | Qovurish uchun |
Tayyorlash usuli
1-bosqich.
Tuxumlarni yaxshilab yuvib, chaqiladi va sarig‘i oqidan alohida idishlarga ajratiladi.
2-bosqich.
Tuxum sarig‘iga sut qo‘shilib, silliq massa hosil bo‘lguncha yaxshilab aralashtiriladi.
3-bosqich.
Tuxum oqiga tuz va ixtiyoriy ravishda sarimsoqpiyoz kukuni qo‘shiladi. Massa mustahkam ko‘pik holiga kelguncha ko‘pirtiriladi.
4-bosqich.
Tova o‘rtacha olovda qizdirilib, oz miqdorda o‘simlik yog‘i quyiladi. Avval tuxum sarig‘ili massa tovaga solinadi.
5-bosqich.
20–30 soniyadan so‘ng quymoq tagi biroz qotgach, ustidan ehtiyotkorlik bilan tuxum oqili massa yoyiladi va chetlari tekislanadi.
6-bosqich.
Tova qopqog‘i yopilib, past olovda 8–10 daqiqa davomida pishiriladi.
7-bosqich.
Tayyor bo‘lgan quymoq o‘rtasidan kesilib, ustma-ust qilib joylanadi va dasturxonga tortiladi.
Yoqimli ishtaha!