Etihad Airways dunyoning eng xavfsiz aviakompaniyasi deb topildi

AirlineRatings.com portali dunyodagi eng xavfsiz va ishonchli aviakompaniyalar reytingini e’lon qildi. Reyting 320 ta aviakompaniya ma’lumotlari asosida tuzildi.
To‘liq xizmat ko‘rsatuvchi aviakompaniyalar toifasida birinchi o‘rinni Etihad Airways egalladi. Bu Yaqin Sharq aviakompaniyasining mazkur reytingda ilk bor yetakchilikka chiqishi bo‘ldi. Kompaniya parvozlar boshiga eng kam hodisalar qayd etilgani va turbulensiyaga qarshi zamonaviy texnologiyalarni joriy qilgani bilan ajralib turdi.
Quyida eng xavfsiz 25 ta to‘liq xizmat ko‘rsatuvchi aviakompaniyalar ro‘yxati keltirilgan:
| 1-o‘rin | 2-o‘rin | 3-o‘rin | 4-o‘rin | 5-o‘rin |
|---|---|---|---|---|
| Etihad | Cathay Pacific | Qantas | Qatar Airways | Emirates |
| 6-o‘rin | 7-o‘rin | 8-o‘rin | 9-o‘rin | 10-o‘rin |
| Air New Zealand | Singapore Airlines | EVA Air | Virgin Australia | Korean Air |
| 11-o‘rin | 12-o‘rin | 13-o‘rin | 14-o‘rin | 15-o‘rin |
| STARLUX | Turkish Airlines | Virgin Atlantic | ANA (All Nippon Airways) | Alaska Airlines |
| 16-o‘rin | 17-o‘rin | 18-o‘rin | 19-o‘rin | 20-o‘rin |
| TAP Air Portugal | SAS | British Airways | Vietnam Airlines | Iberia |
| 21-o‘rin | 22-o‘rin | 23-o‘rin | 24-o‘rin | 25-o‘rin |
| Lufthansa | Air Canada | Delta Air Lines | American Airlines | Fiji Airways |
Loukoster aviakompaniyalar reytingida ikkinchi yil ketma-ket birinchi o‘rinni HK Express egalladi. Shuningdek, bu yil ilk bor Spring Airlines aviakompaniyasi Top-25 ro‘yxatdan joy oldi.

Quyida eng xavfsiz 25 ta budjet aviakompaniyalar ro‘yxati keltirilgan:
| 1-o‘rin | 2-o‘rin | 3-o‘rin | 4-o‘rin | 5-o‘rin |
|---|---|---|---|---|
| HK Express | Jetstar Airways | Scoot | flydubai | EasyJet Group |
| 6-o‘rin | 7-o‘rin | 8-o‘rin | 9-o‘rin | 10-o‘rin |
| Southwest | airBaltic | VietJet Air | Wizz Air Group | AirAsia Group |
| 11-o‘rin | 12-o‘rin | 13-o‘rin | 14-o‘rin | 15-o‘rin |
| TUI UK | Vueling | Norwegian | JetBlue | FlyNAS |
| 16-o‘rin | 17-o‘rin | 18-o‘rin | 19-o‘rin | 20-o‘rin |
| Cebu Pacific | Jet | Ryanair | Spring Airlines | Transavia Group |
| 21-o‘rin | 22-o‘rin | 23-o‘rin | 24-o‘rin | 25-o‘rin |
| Eurowings Group | Volaris | WestJet Group | GOL | SKY Airline Chile |
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Centrum Air shaffof tomli Airbus A321neo samolyotini parvozga qo‘yaishi haqida xabar bergan edik.