
Ilon Mask OpenAI va Microsoft kompaniyalaridan $134 mlrd miqdordagi pul da’vo qilmoqda. U 2015-yilda kompaniyalarga ko‘rsatgan dastlabki yordami orqali ular olgan nohaq foydaga sherik ekanini bildirgan, deya yozmoqda Reuters.
Unga ko‘ra, Maskning milliard dollarlik hissalari tufayli OpenAI $65,5 mlrddan $109,4 mlrdgacha , Microsoft esa $13,3 mlrddan $25,1 mlrdgacha foyda olgan. Mask OpenAIga taxminan $38 mln hissa qo‘shganini aytmoqda. Bu esa OpenAIga tegishli dastlabki boshlang‘ich mablag‘ning 60 foizini tashkil etgan. Shuningdek, u xodimlarni jalb qilish orqali loyiha ishonchliligini ta’minlashga ham ko‘maklashganii ta’kidlagan.
Maskning advokati Stiven Molo Reutersga bergan bayonotida, Masksiz OpenAI bo‘lmas edi, deya ta’kidladi va uning hissalari kompaniya olgan nohaq foydadan ancha katta ekanini bildirdi. OpenAI va Microsoft da’voni rad etib, suddan ekspert tahlilini cheklashni so‘radi.
Ma’lumot uchun, Mask 2018-yilda OpenAIni tark etgan. Hozirda u xAIning Grok SIni boshqaradi. Sur jarayoni shu yilning aprel oyida boshlanadi. Hujjatlarga ko‘ra, Maskning hissalari moliyaviy ekspert C. Pol Vazzan tomonidan hisoblangan. OpenAI va Microsoft esa hisobotdagi zarar miqdorini ishonchsiz deb baholamoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ilon Maskning Neuralink kompaniyasi 2026-yilda miya-kompyuter interfeysi qurilmalarini yirik hajmda ishlab chiqarishni boshlashini e’lon qilgan edi.