Kinotavsiya: «Omadli Gilmor 2» filmi nima haqida

19-yanvar 2026 16:57 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Kinotavsiya: «Omadli Gilmor 2» filmi nima haqida
Kinotavsiya: «Omadli Gilmor 2» filmi nima haqida / Foto: people.com

«Omadli Gilmor 2» («Happy Gilmore 2») 1996-yilda chiqqan mashhur sport-komediya filmining davomi bo‘lib, 2025-yilda tomoshabinlarga taqdim etildi.

Filmda yana Adam Sendler ijro etgan Gilmor obrazi markazda bo‘lib, u golf olamiga noodatiy uslubi va keskin xarakteri bilan qaytadi. Davomiy qism nostalgiya va zamonaviy hazilni uyg‘unlashtirgan holda yaratilgan.

Syujetga ko‘ra, Gilmor uzoq yillar professional sportdan chetga chiqqan bo‘ladi. Shaxsiy hayotidagi muammolar va moliyaviy qiyinchiliklar uni yana golf maydoniga qaytishga majbur qiladi. Bu safar u nafaqat g‘alaba, balki o‘z obro‘sini tiklash va oilasi uchun kurashadi.

Happy Gilmore 2 | Official Trailer | Netflix

Filmda eski qahramonlar bilan bir qatorda yangi obrazlar ham paydo bo‘ladi. Zamonaviy golf yulduzlari, yosh va texnologiyaga tayangan sportchilar u uchun jiddiy raqibga aylanadi. Bu qarama-qarshiliklar filmga yangi dinamika va kulgili vaziyatlar olib kiradi.

Film nafaqat kuldiradi, balki insonning o‘ziga bo‘lgan ishonchi, ikkinchi imkoniyat va taslim bo‘lmaslik mavzularini ham yoritadi. Gilmorning qo‘pol, ammo samimiy fe’l-atvori tomoshabinlarda yana iliq taassurot qoldiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan «O‘yin sanasi» filmi haqida ma’lumot bergandi.

Shuningdek